Nodir Yakubov Jizzax viloyatidagi hasharchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi

11.09.2021

Vazir o‘rinbosari Nodir Yakubov Jizzax viloyatining Arnasoy, Do‘stlik va Zafarobod tumanlarida 2021-yil paxta yig‘im-terim mavsumida hasharchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

Jumladan, Arnasoy tumanida 11 ta dala shiyponi, 10 ta dala palatkasi, Do‘stlik tumanida 49 ta dala shiyponini, 150 ta dala palatkasini, 90 ta aholi xonadonlarini, Zafarobod tumanida 11 ta dala shiyponlarini, 40 ta dala palatkasini va 80 ta aholi xonadonlarini ko’zdan kechirdi.

Shuningdek, sektorlar kesimida Arnasoy tumanida 211 ta fermer xo‘jaliklari bilan 2421 nafar, Do‘stlik tumanida 263 ta fermer xo‘jaliklari bilan 7716 nafar va Zafarobod tumanida 72 ta fermer xo‘jaliklari bilan 2479 nafar terimchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari tuzilishi hamda terim otryadlarini shakllantirilishi bilan tanishib chiqdi.