“Navoiyda tarbiyachilar koʻp qavatli uylarning podyezdlarini yuvishga jalb qilindi” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Navoiyda tarbiyachilar koʻp qavatli uylarning podyezdlarini yuvishga jalb qilindi” sarlavhali xabarni https://t.me/NazoratUz/4791 Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi oʻrgandi.
Aniqlanishicha, fuqarolar koʻp qavatli uylarning zinapoyalarini tozalash ishlariga majburiy jalb etilgan. Zarafshon shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiriga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasiga asosan maʼmuriy jarima qoʻllanildi va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda qonun buzilishlarni oldini olish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
‼️Hurmatli yurtdoshlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishingiz mumkin.
Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.