Navoiy viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalgan “Karmana tibbiyot birlashmasidagi chorasizlik yuragimga og‘ir botdi” nomli xabar yuzasidan Karmana tumani Tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limida o‘rganish olib bordi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Navoiy viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalgan “Karmana tibbiyot birlashmasidagi chorasizlik yuragimga og‘ir botdi” nomli xabar yuzasidan Karmana tumani Tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limida o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, Karmana tumani tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limi 2023-yilning 10-iyunidan 15-iyuniga qadar rejalashtirilgan jadvalga asosan umumiy yuvish va kosmetik ta’mirlash uchun yopilishi zarur bo‘lgan.
Biroq, Karmana tuman tibbiyot birlashmasi va Sanitariya epidemiologiya va jamoat salomatligi xizmatining tuman bo‘limi bilan kelishuvga ko‘ra, umumiy yuvish va kosmetik ta’mirlash ishlari 2023-yilning iyul oyiga ko‘chirilgan.
Tibbiyot birlashmasi rahbarining joriy yil 5-iyulda rasmiylashtirilgan buyrug‘iga asosan ish beruvchi 21 nafar kichik tibbiyot xodimlarini bir kun davomida tozalash ishlariga jalb qilgan.
Ma’lumot uchun aytish joizki, tasdiqlangan xizmat vazifalarida shifoxonada tozalash ishlari aynan kichik tibbiy xodimining funksional vazifasiga kirishi ko‘rsatilgan.
Xodimlar tushuntirish xatlarida o‘z xizmat vazifalaridan boshqa ishlarni bajarmaganligini bayon etgan.