Namanganda migrantlar tayyorlash maxsus o‘quv markazida tadbir o‘tkazildi
Prezidentimizning 2021-yil 25-yanvardagi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band bo‘lmagan aholini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan Chust tumani 1-son kasb-hunar maktabida vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov ishtirokida qurilish yo‘nalishi hamda rus tili kursi bo‘yicha tahsil olgan 150 nafar fuqarolarga sertifikat va sovg‘alar topshirildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyati filiali tomonidan ushbu bitiruvchilar qurilish sohasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilayotgan tanlovlarga jalb etilib, ulardan 45 nafari muvaffaqiyatli o‘tdi.