“Namanganda banklar majburiy mehnatga jalb qilinayotganining yaqqol isboti” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

14.10.2021

Ijtimoiy tarmoqda “Namanganda banklar majburiy mehnatga jalb qilinayotganining yaqqol isboti.” mazmunidagi xabar https://t.me/bankirkundaligi/2307 yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish o’tkazildi.

O’rganish davomida ro’yxatda ko’rsatilgan banklar xodimlari ish joylarida ekanligi aniqlandi, ular bilan alohida suhbatlar o’tkazilganda ular paxta terimiga jalb qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar o’z tasdigʻini topmadi.

Hozirgi kunda, Respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda monitoringlar davom ettirilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar, majburiy mehnat va boshqa mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishlaringiz mumkin.
Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.