Namangan viloyatidagi press-tur tafsilotlari bilan tanishing!

15.07.2021

OAV vakillari Namangan viloyati Chortoq tumani "Obod diyor" MFY hududidagi “GOLDEN NUTS NAMANGAN” tomorqa agro xizmat MChJ tomonidan 36 gektar yer maydoniga har biri 2 sotixdan bo‘lgan 1000 ta issiqxonalar kompleksi bilan tanishdi.

Keyingi manzil Davlatobod tumani "Elobod" va "Gulobod" MFYlarda tikuvchilik yo‘nalishida tashkil etilgan “Jannat makon tekstil” ishlab chiqarish kooperativi bo‘ldi.

 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining "Mahallabay" ishlash tizimi samaradorligini aks ettirgan ushbu loyiha asosida 50 nafar "Yoshlar" va "Ayollar" daftaridagi xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuvchilik kooperativlari qurib berilgan. "Gulobod" mahallasining qarovsiz qolgan binosi qayta ta’mirlanib, aholi uchun daromad manbai yaratiladigan maskanga aylantirilgan.

Shuningdek, Namangan shahridagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash maqsadida "To‘quvchi" MFYdagi “Anvarxon baliqchiligi” ishlab chiqarish kooperativi ham ko'zdan kechirilmoqda. Bu yerda 20 nafar fuqaro daromadli ish bilan ta’minlangan. 

Jurnalistlar tadbirkor faoliyati bilan tanishdi.

Jurnalist va blogerlar Namangan shahridagi "Ozod" MFY hududidagi “Ishga marhamat” Monomarkazi faoliyatini ham o‘rganishdi. Shuningdek, pazandachilik va qandolatchilik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarining amaliy ishlari ko‘rgazmasi namunalaridan bahramand bo‘lishdi.

Markazda xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, buxgalteriya, va 25 turdagi kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishlari bo‘yicha aholi o‘qitilib, ularga o‘rta-maxsus kasb-hunar diplomiga tenglashtirilgan sertifikatlar beriladi.

Ma’lumot uchun, Namangan shahrida 30 dan ortiq mehmonxonalar mijozlar uchun xizmat ko‘rsatib, ularga markazda mehmonxona xizmati yo‘nalishida ofisiant batler va servis xizmati mutaxassislari yetishtirib beriladi.

Keyingi manzil Namangan viloyati Norin tumani "Marg‘izor" mahallasidagi “Katta imkon quyonchilik” va tikuvchilik yo‘nalishida tashkil etilgan “MIR CITY” ishlab chiqarish kooperativi bo‘ldi.

Jarayonlar suratlarga muhrlangan.