Namangan viloyatida paxta yig‘im-terim matbuot anjumani o‘tkazildi
Namangan viloyati Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi tomonidan joriy yilgi paxta yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Matbuot anjumani davomida mavsumni majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymagan holda tashkil etish, terimchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlari, boshqa hududlardan jalb qilinayotgan hasharchilar uchun qulay yashash sharoitlari yaratilishi, mavsumiy ishchilarni yig‘im-terim ishlariga jalb etishda mehnat qonunchiligi talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etishda fermer xo‘jaliklari va klasterlar oldidagi vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Jurnalistlarning savollariga soha xodimlari tomonidan javoblar qaytarildi.