NAMANGAN VILOYATI UCHQO‘RGʻON VA NORIN TUMANLARIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
05.11.2020
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodirbek Yakubov boshchiligidagi vazirlikning bir guruh xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Aholidan tushgan murojaatlarning 14 tasini hal qilish borasida shu joyning o‘zida aniq ko‘rsatmalar berildi.
Xususan, 13 nafar ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolarni bandligi ta’minlandi, shuningdek Rossiya Federasiyasida ishlash istagini bildirgan 1 nafar shaxs belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi.