NAMANGAN VILOYATI TO‘RAQO‘RG‘ON TUMANIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodirbek Yakubov boshchiligida Vazirlikning bir guruh xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda viloyatning To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlari aholisi murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabulda aholidan kelib tushgan murojaatlarni joyida hal etish borasida aniq va tezkor choralar ko‘rildi. Xususan, fuqarolarning 3 nafari ishga joylashish bo‘yicha murojaatlari qanoatlantirilib, kvotalangan ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, 1 nafar murojaatchi Rossiya Federasiyasining Amur viloyatiga neftni qayta ishlash zavodiga ishlashga yuborish uchun ro‘yxatga olindi. Bundan tashqari subsidiya asosida yengil konstruksiyali issiqxona qurish uchun murojaat qilgan fuqarolardan 2 nafariga huquqiy maslahatlar berilib, joyida arizalar qabul qilindi.
Barcha murojaatlar tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan nazoratga olindi.