“Namangan viloyati Pop tumanidagi 64-maktabda 18 sentyabr kuni maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari dars vaqtida majburiy mehnatga jalb qilingani aytildi” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

23.09.2021

Ijtimoiy tarmoq orqali “Namangan viloyati Pop tumanidagi 64-maktabda 18 sentyabr kuni maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari dars vaqtida majburiy mehnatga jalb qilingani aytildi” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar https://t.me/videomagistraluz/8004?single bo‘yicha Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Pop tumani 64-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori, xodimlari va o‘quvchilaridan tushuntirish xatlari olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi hamda holatga qonuniy baho berish uchun Pop tumani prokuraturasiga yuborildi.