NAMANGAN VILOYATI CHUST TUMANIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRI O‘RINBOSARI NODIRBEK YAKUBOV BOSHCHILIGIDAGI VAZIRLIKNING BIR GURUH XODIMLARI ISHTIROKIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

02.11.2020

Namangan viloyati Chust tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodirbek Yakubov boshchiligidagi Vazirlikning bir guruh xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda viloyatning Chust, Mingbuloq va Pop tumanlaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Aholidan tushgan murojaatlarning 22 tasini hal qilish borasida shu joyning o‘zida aniq ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, 6 nafar ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb etildi. Shuningdek, 14 nafar ishga joylash bo‘yicha fuqaroning murojaati Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan nazoratga olindi. Bundan tashqari bir nechta murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berildi.