NAMANGAN VILOYATI ChORTOQ TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

04.11.2020

Namangan viloyati Chortoq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Nodirbek Yakubov boshchiligidagi Vazirlikning bir guruh xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda viloyatning Chortok, Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Aholidan tushgan murojaatlarning 18 tasini hal qilish borasida shu joyning o‘zida aniq ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, 1 nafar ish so‘rab murojaat qilgan fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb etildi. Shuningdek, 16 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi va yana 1 nafariga esa huquqiy maslahatlar berildi.

Bundan tashqari sayyor qabul davomida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Unda Chortoq tumanidan 15 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 421 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. “Mehnat yarmarkasi”ga 84 nafar fuqaro jalb etildi.