Namangan viloyati Chortoq tumanida ish bilan band bo‘lmagan yoshlar va jazo muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
Namangan viloyati Chortoq tumanida ish bilan band bo‘lmagan yoshlar va jazo muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
Unga 120 nafardan ortiq yoshlar jalb etilib, tumandagi 35 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 422 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Tadbir davomida hozirda doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan fuqarolar 17 nafarni (11 ta qiz, 6 ta o‘g‘il bola) tashkil qilib, ularning 15 nafari (9 ta qiz, 6 ta o‘g‘il bola) o‘zlariga maqbul keladigan ish o‘rniga joylashishi uchun, 2 nafar qizga esa Kasbga qayta tayyorlov o‘quv kursiga yo‘llanmalar berildi.
Shu bilan bir qatorda, tumandagi mavjud tijorat banklari tomonidan yarmarka ishtirokchilariga imtiyozli kreditlarni olish, bugungi kunda davlat rahbari tomonidan berilayotgan imkoniyat va qulayliklar bo‘yicha, kasb-hunarga o‘qitish, jamoat ishlari xamda mexnat qonunchiligi yuzasidan tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.