Namangan shahridagi majburiy mehnatga jalb qilish holati Davlat mehnat inspeksiyasi nazoratiga olindi

16.07.2019

Namangan viloyati Chust shahridagi o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi o‘z nazoratiga oldi. Natijalar bo‘yicha yaqin vaqt oralig‘ida batafsil ma'lumot beriladi.

Agar Siz mehnat huquqi buzilayotgan biror bir holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining +998 71 200-06-00 ishonch telefoni hamda @mehnathuquqbot Telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaatchining shaxsi sir tutiladi.

Majburiy mehnatga qarshi kurashishda faollik ko‘rsatayotgan va bu borada Mehnat vazirligi bilan hamkorlikda ishlayotgan OAV vakillariga minnatdorchilik bildiramiz.

Mehnat huquqimizni birgalikda himoya qilaylik!

https://kun.uz/25733366