“Namangan shahri Davlatobod tumanidagi maktablarda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning avans pullari tashlab berilmayapti” mazmunidagi xabar yuzasidan rasmiy munosabat

18.12.2021

Ijtimoiy tarmoq orqali “Namangan shahri Davlatobod tumanidagi maktablarda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning avans pullari tashlab berilmayapti” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabarttps://t.me/acchikhakikat/7383 bo‘yicha Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida, Davlatobod tumani XTB ga qarashli maktab o‘qituvchilariga joriy yilning 17 dekabr kuni oylik ish xaqlari to‘lab berilishi ta’minlandi hamda kelgusida bunday qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan Yozma ko‘rsatma kiritildi.

Shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga xodimlarga qo‘shimcha ish beruvchiga xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154,161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.