Munosib nomzodlar saralandi

10.09.2020

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi dastlabki tarzda vazirlik Markaziy apparatida mavjud bo‘lgan boshqaruv tizimidagi 5 ta vakant lavozimlarga nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali shaffof mexanizmlar asosida saralab olinishi maqsadida 2020-yil 4-avgustdan tanlov e’lon qilgan edi. Vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” apparat-dasturiy kompleksiga (vacancy.argos.uz), vazirlikning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtirilgan.

Tanlov yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga jami kelib tushgan nomzodlar soni 261 bulardan vazirlikning qo‘yilganligi, komissiya a’zolari bilan muhokama qilgan holda malaka talablariga to‘g‘ri kelgan nomzodlar 76 nafar nomzod suhbatga saralab olindi.

Jumladan, Mehnat bozori va mehnat migrasiyasi tahlili Yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosarligiga 12 nafar, Tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining o‘zini-o‘zi band qilishini rag‘batlantirish bo‘lim boshlig‘iga 18 nafar, Mehnat standartlari va mehnatga haq to‘lash Boshqarmasi "YAMMT" IDAKni joriy qilish, tizim ma’lumotlarini monitoring va tahlil etish bo‘limi boshlig‘iga 12 nafar, Bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi Tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining o‘zini-o‘zi band qilishini rag‘batlantirish bo‘limi bosh mutaxassisligiga 18 nafar, Moliyaviy nazorat bo‘limi bosh mutaxassisiligigat 16 nafarni tashkil qildi.

Joriy yil 25-26-avgust kunlari vazir o‘rinbosari B.Umurzakov boshchiligida o‘tkazilgan suxbatda har bir nomzodga nomzodning kasbiy mahorati va shaxsiy fazilatlari vakant lavozimni egallash bo‘yicha malakaviy talablarga mos kelishini baholash maqsadida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish darajasi hamda yetakchilik qobiliyatiga e’tibor qaratgan holda savollar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatida vakant lavozimlarga ishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazuvchi tanlov komissiyasi xulosasiga asosan:

Mehnat bozori va mehnat migrasiyasi tahlili Yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosarligi lavozimiga Shamirov Xamza;

Moliyaviy nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga Sayfutdinov Musliddin tanlov komissiyasi a’zolarining ijobiy tavsiyalariga asosan lavozimga loyiq deb topildi.