MUNOSIB MEHNAT SHAROITLARINI YARATISH HAMDA MAJBURIY MEHNATGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA MONITORING TADBIRLARI DAVOM ETTIRILMOQDA
MUNOSIB MEHNAT SHAROITLARINI YARATISH HAMDA MAJBURIY MEHNATGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA MONITORING TADBIRLARI DAVOM ETTIRILMOQDA
Ayni kunlarda paxta yig‘im-terimi nihoyasiga yetayotgan bir vaqtda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan munosib mehnat sharoitlarini yaratish va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha monitoring tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan terimchilar uchun yaratilgan munosib mehnat hamda dam olish sharoitlari yaratish, terim pullarining o‘z vaqtida va belgilangan me’yorda berish va majburiy mehnatga aloqador murojaatlarni tezkorlik bilan ishchi guruhlar tomonidan joyga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
Vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasi tajribali xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhlar tomonidan hududlarda bugungi kunga qadar 11 mingdan ortiq monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Davlat mehnat inspeksiyasiga paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 128 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, call markaz orqali - 98 ta va ijtimoiy tarmoqlar orqali - 30 ta murojaatlar kelib tushgan.
Shundan, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 87 ta, mehnat sharoitlari bo‘yicha
4 ta,majburiy mehnat bo‘yicha 32 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 5 tani tashkil etadi.
O‘tkazilgan monitoringlar va murojaatlarni o‘rganish natijasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 34 nafar mansabdor shaxslarga jami 33 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlandi, ya’ni 15 ta holatda munosib mehnat sharoitlari yaratmaganligi, 5 ta holatda terim pullarini bermaganligi va 14 ta holatda mehnat qonunchiligi buzilishi faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 79ta holat yuzasidan yozma ko‘rsatmalar kiritildi hamda 3 ta holat yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqish uchun sudga o‘tkazildi.
Shu bilan birga, respublika ishchi guruhi tomonidan terimchilarning 300 mln dan ortiq terim pullari undirib berildi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Davlat mehnat inspeksiyasi munosib mehnat sharoitlarini yaratmaslik va majburiy mehnat holatlariga guvoh bo‘lgan fuqarolarimizdan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 71-200-06-00 Ishonch telefoniga, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishlarini so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq jismoniy shaxsning iltimosiga ko‘ra uning shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.