Monomarkazlar rahbarlari malakasi oshirilmoqda

11.06.2021

Monomarkazlar rahbarlari malakasi oshirilmoqda

Bandlik mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov: "Inson oliy ma’lumotli bo‘lmasa, u fojia emas, zamonaviy kasb-hunar orqali ham yaxshi daromad topish mumkin."

11 iyun kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi monomarkazlar rahbarlari uchun seminar tashkil etildi.

Unda ishtirokchilarga monomarkazlar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, Monomarkazlarning vazifalari, ularning shtat jadvalini ishlab chiqish va xarajatlar smetasini shakllantirish, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlik yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tildi.

 Vazir o‘rinbosari o‘z so‘zida: "Bizning asosiy maqsadimiz – bugungi kun talabiga mos keladigan kadrlarni yetishtirish, har bir shaxsni iqtidoriga salohiyatiga ko‘ra, uni munosib ish joyiga joylashtirish hamda munosib daromad olishini ta’minlashga ko‘maklashishdan ibora