Monomarkazda 200 nafar maktab o'quvchilari uchun seminar tashkil etildi

02.03.2022

Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Xalq ta'limi vazirligining Respublika tashxis markazi va Toshkent shahar Xalq ta'limi Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 279-umumta'lim maktabining 200 nafar 10-11-sinf o'quvchilari uchun "Umumta'lim maktablari o'quvchilarini kasb-hunarga yo'naltirish ishlari samaradorligini oshirish" mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda so'z olganlar seminar ishtirokchilariga monomarkaz faoliyati, o'quvchilarning maktabdan tashqari bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ularni qisqa muddatli kasblarda o'qitishga jalb etish, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlik asoslari kurslarida o'qitish, kasb tanlashdagi muhim jihatlar, "Kasbim - kelajagim" onlayn platformasi haqida taqdimotlar orqali batafsil ma'lumotlar berdilar.

Seminar yakunida o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.