Monomarkaz bitiruvchilari "LUKOIL" ga ishga jalb qilinadi
Xabaringiz bor, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Rossiyaning “LUKOIL” kompaniyasi Vitse-prezidentlari Stepan Gurjiy va Anatoliy Moskalenko hamda “LUKOIL” Uzbekistan Operating Company” masʼuliyati cheklangan jamiyati Bosh direktori Timur Gaynanshin bilan uchrashgan edi. Unda neft-gaz sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni Rossiyaning “LUKOIL” kompaniyasida smenali ish bilan taʼminlash masalalari muhokama qilingan edi.
“LUKOIL” kompaniyasining bir guruh vakillari Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkaziga tashrif buyurib, markazdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, tahsil olayotgan yosh kadrlarni kompaniyaning bo'sh ish o'rinlariga taklif qildi.