Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Namangan shahridagi Monomarkazda

18.09.2021

Namangan viloyati 26-sonli mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilari Namangan shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida bo'lishdi.

Mazkur uchrashuvda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari hamda Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi vakillari ishtirok etib, o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish bilan bir qatorda ularning kelgusidagi o'qish va ishlariga tavsiyalar berishdi.