Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi

21.08.2020

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi mehnat organlari, vazirlik va hokimliklarning rahbar va mutaxassislarini mehnat iqtisodi, mehnat munosabatlari va mehnat huquqi, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha malakasini oshirish va qayta tayyorlashni ta’minlash yuzasidan Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari yo‘lga qo‘yildi.

 photo_2020-08-21_13-34-32

Vazirlik markaziy apparati, shuningdek hududiy mehnat Bosh boshqarmalari, tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hamda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. 

 photo_2020-08-21_13-34-31

Mehnat munosabatlari tizimida faoliyat yurituvchi har bir xodim va rahbarlar sohani chuqur tushunishi va ushbu yo‘nalishdagi masalalarni aniq tahlil qila bilishi kerak, - deb ta’kidladi Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari direktori U.Sultonov.

Tashkilot tomonidan 2019 yilning o‘zida mehnat munosabatlari tizimining 1045 nafar xodimi, shuningdek mehnat muhofazasiga oid masalalar bo‘yicha boshqa tashkilot mas’ul xodimlarining malakasi oshirilgan va ularga namunaviy sertifikatlar topshirilgan. Bugungi kunda Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari tomonidan turli xil loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, pandemiya sharoitida va viloyatlarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn o‘quv kurslarini hamda korrupsiyaning salbiy oqibatlarini oldini olish borasidagi amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishda Bosh prokuratura Akademiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, Elektron kutubxonaning yo‘lga qo‘yilishi shular jumlasidandir. Tizimda faoliyat yurituvchilar respublikaning turli nuqtalaridan turib ushbu elektron kutubxonadan bemalol foydalanishlari mumkin. 

 photo_2020-08-21_13-34-30