MEHNAT ORGANLARI XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH RESPUBLIKA KURSLARIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN “QADRING BALAND BO‘LSIN ONA TILIM” MAVZUSIDA ONLAYN ZOOM DASTURI ORQALI BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

15.10.2020

Bunda tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining “Ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash shoʻbasi mutaxassislari” va “Ishga joylashtirish inspektorlari” ishtirok etdilar.
Respublika kurslari direktori Umarbek Sultanov O‘zbek tili bayrami bilan vazirlik tizimidagi xodimlarni tabriklab tadbirni ochib berdilar.
Tadbir davomida A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining "Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika" kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa doktori Qodirjon Mo‘ydinovning - “O‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, rivojlanishi va halqaro miqyosdagi obro‘si” hamda Farg‘ona davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Siddiqjon Mo‘minovning - “O‘zbek tili -milliy qadryatlarimiz gultoji” mavzusida ma’ruzalari va o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlari katta qiziqish bilan tinglandi.