MEHNAT ORGANLARI XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH RESPUBLIKA KURSLARIDA ONLAYN O‘QUV MASHGʻULOTLARI O‘TKAZILDI

20.10.2020

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida “Milliy iqtisodiyotda mehnat resurslari mobilligi. Aholi turmush darajasini oshirishda mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo‘llari” mavzusida onlayn o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bunda tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining “Ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash shoʻbasi mutaxassislari” ishtirok etdilar. O‘quv mashg‘ulotini Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti “Inson resurslarini boshqarish kafedrasi” iqtisodiyot fanlari doktori, professor G.Abduraxmanova olib bordi.