MEHNAT ORGANLARI XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH RESPUBLIKA KURSLARIDA NAVBATDAGI O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

12.11.2020

Joriy yilning 12 noyabr kuni Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida “Aholini ish bilan taʼminlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mohiyati va majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berish shartligi” mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Bunda tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining “Ishga joylashtirish inspektorlari” ishtirok etdi. O‘quv mashg‘ulotini Toshkent davlat yuridik universiteti ”Mehnat xuquqi kafedrasi” katta o‘qituvchisi M.Raximov olib bordi.