MEHNAT ORGANLARI XODIMLARI MALAKASINI OSHIRISH RESPUBLIKA KURSLARIDA “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH-DAVR TALABI” MAVZUSIDA ONLAYN TADBIR O‘TKAZILDI

20.10.2020

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish-davr talabi” mavzusida onlayn o‘quv-amaliy seminar shaklidagi tadbiri o‘tkazildi.

Bunda tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining “Ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash shoʻbasi mutaxassislari” va “Ishga joylashtirish inspektorlari” ishtirok etdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazining Qonunchilik texnikasi va korrupsiyaga qarshi ekspertiza kafedrasi mudiri yuridik fanlari nomzodi Toshev Boboqul Norqobilovich va Respublika kurslari katta o‘qituvchisi Sayfiddin Rahimovlarning ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir davomida korrupsiya tushunchasi va unga qarshi kurashning asosiy prinsiplari, tizimda qorrupsiya holatlarining kelib chiqish sabablari, korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro va milliy huquqiy asoslari kabi mavzular haqida batafsil ma’lumot berildi.