Mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik bitimi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.
Tadbirda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi rahbari Sergey Katirin ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ish beruvchilar talablariga javob beradigan mehnat resurslari bilan taʼminlash, O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, migrantlarni jo‘nab ketishdan oldin tayyorlash mexanizmi masalalari muhokama etildi.