Mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik
17.12.2021
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov hamda Rossiya Federatsiyasining Mehnat va bandlik federal xizmati rahbari Mixail Ivankov o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️ Unda “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risida”gi hukumatlararo bitimni amalga oshirish, bandlik sohasida o‘zaro tajriba almashish va boshqa masalalar muhokama qilindi.