Mehnat migrantlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda

30.08.2021

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ul xodimlaridan iborat vakillar (Ishchi guruh) Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklarga ish beruvchilar tomonidan yaratilayotgan sharoitlarni monitoring qilish maqsadida ayni kunlarda Moskva shahri va viloyatida bo‘lib turgani haqida  xabar berilgan edi https://t.me/migratsiyaagentligi/3473). 

Ishchi guruh a’zolari 25-29 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasida qurilish sohasida yetakchilardan biri hisoblangan “PIK” kompaniyalari guruhi tarkibiga kiruvchi korxonalar (“PIK-Industriya” AJ, “SpesGrad” MChJ va boshqalar) mansabdor shaxslari hamda mazkur korxonalarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Bugun “PIK” kompaniyalari guruhi rahbariyati bilan mehnat migrantlari tomonidan bildirilgan muammoli masalalar yechimi muhokama qilindi.

Shuningdek, ishchilarga har bir bajarilgan ish hajmi va soatbay to‘lanadigan maoshlarni o‘z vaqtida berish va ularga to‘langan ish haqlari to‘g‘ri hisoblangani bo‘yicha ma’lumot taqdim etishga kelishib olindi.

Rossiya tomoni joriy yil oktyabr oyida o‘tkaziladigan Prezident saylovlari jarayonlarida korxonalarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashishini bildirdi.