“Mehnat inspektorlari faoliyatida ham ikki xil standart” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoq orqali “Mehnat inspektorlari faoliyatida ham ikki xil standart” sarlavhasi ostida chiqarilgan maqola bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida, Toshkent viloyati Nurafshon shahar ABKM davlat mehnat huquq inspektori M.Abdullayev tomonidan Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining 2021 yil 8 apreldagi 77-sonli buyrug‘i bilan boshqarmaning bosh mutaxassisi D.Manapovaga qo‘llanilgan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi yuzasidan berilgan 2021 yil 6 maydagi № 23/01-03/18-382 sonli yozma ko‘rsatmasi to‘liq o‘rganilmasdan kiritilganligi sababli bekor qilindi.
Davlat mehnat huquq inspektorining 2021 yil 19 maydagi xulosasi qonun doirasida berilganligi sababli o‘z kuchida qoldirildi.
Shu bilan birga, Davlat mehnat huquq inspektori M.Abdullayevga ish faoliyatida kamchiliklarga va ma’suliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.