Mehnat bozori tadqiqotlari instituti mas’ullari hokim yordamchilari uchun seminar-treninglar o'tmoqda
#Seminar
Ayni kunlarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti mas’ullari tomonidan hududiy Bandlik bosh boshqarmalari hamda "Mahallabay" ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda hokim yordamchilari uchun uy xo‘jaliklarida xatlovni o‘tkazish, qolaversa, aholi bandligi, ishsizlikni hisobga olish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Jarayonlarda “Onlayn mahalla” platformasida mahallalardagi iqtisodiy faol va nofaol aholi, ishsiz fuqarolar qatlami haqida manzilli ma’lumotlarni to‘g‘ri shakllantirishda hokim yordamchilari faoliyatiga amaliy-uslubiy jihatdan ko‘maklashiladi.