Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi
Toshkent shahardagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazidagi kasblar bilan tanishing!
#KOICA
#Kasbga_o‘qitish
Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi
ISUZU... JV MAN... Auto-Uzbekistan, UZAUTO MOTORS, Toshkent traktor zavodi.
Bu kabi og‘ir sanoat sohasi ro‘yxatini uzoq davom ettirish mumkin. Bu ishlarda frezerchi, payvandlovchi, metallga ishlov beruvchi mutaxassislarga ehtiyoj katta bo‘ladi. Bugungi kunda Toshkent shahardagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazida bunday kasb egalari mehnat bozoriga tayyorlanmoqda.
O‘quv muddati 6 oyni tashkil etadi, unda nazariy darslar amaliyot bilan birga olib boriladi. Shuningdek, yana 2 oy davomida korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti ham olib boriladi.
Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar, o‘qish istagini bildirganlarning ixtiyoriy tanloviga muvofiq, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) bepul amalga oshiriladi.