“Marg'ilonda ustozlar majburiy ishga jalb etildimi” sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat

07.09.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda “Marg'ilonda ustozlar majburiy ishga jalb etildimi” sarlavhali xabar https://www.youtube.com/watch?v=kjHvyVENlWA tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Farg'ona shahar Aholi bandligiga ko'maklashish markazi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o'rganish o'tkazildi. Òrganish davomida majburiy mehnat holati aniqlanmadi, biroq 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi xodimlariga nisbatan mehnat qonunchiligi talablari buzilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Marg'ilon shahar 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori v.v.bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan eng kam oylik ish haqqining 10 barobari miqdorida jarima qo'llanildi.

Hurmatli yurtdoshlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qiling.