MALAKANI BAHOLASHDA TURKIYA TAJRIBASI
26.12.2023
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Anqarada Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Vedat Ishikxan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Turkiyaning kasbiy malakani baholash tizimi tajribasini o‘rganish, ikki davlat mehnat inspeksiyalari salohiyatini mustahkamlash hamda mehnat migratsiya sohasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va mavjud muammolar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun aytish joiz, bugun Anqarada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Hukumatlararo Komissiyaning 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.