MALAKALI MUTAXASSISLAR “LUKOYL”GA ISHGA JALB QILINADI

04.10.2023

MALAKALI MUTAXASSISLAR “LUKOYL”GA ISHGA JALB QILINADI

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi Vise-prezidentlari Stepan Gurjiy va Anatoliy Moskalenko hamda “Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” mas’uliyati cheklangan jamiyati Bosh direktori Timur Gaynanshin bilan uchrashdi.

O‘zaro muzokaralarda neft-gaz sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasida smenali ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda vazir Behzod Musayev kompaniyada ishlash istagini bildirgan fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish hamda ularni munosib mehnat sharoiti bilan ta’minlash ikki tomonlama kelishuvda bosh mezon bo‘lishini ta’kidladi.