“Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4939-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo'yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

08.09.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4939-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda xalqaro tajribani joriy etish hamda xorijiy ekspertlarni jalb etish bo‘yicha tegishli mutassaddilar hamda YUNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri – Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash raisi Nozim Xusanov, vazirlik rahbariyati va mutassaddi tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari – Ulug‘bek Tashkenbayev, inspeksiyaning masalaga aloqador rahbar va xodimlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullari va YUNESCO ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv mobaynida 2021 yilning sentyabr oyida tarmoq kengashlari, ta’lim muassasalari va masalaga aloqador boshqa tashkilotlar uchun “Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazish rejalashtirildi.