MALAKA OSHIRISH RESPUBLIKA KURSLARIGA EKSKURSIYa TASHKIL ETILDI

04.11.2020

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida, Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbariyati va umumta’lim maktablari direktorlari uchun ushbu ta’lim maskaniga ekskursiya tashkil etildi.

Tashkilot rahbari U.Sultanov va o‘quv kurslari o‘qituvchilari ekskursiya ishtirokchilariga ta’lim maskani va o‘quv jarayonlari haqida ma’lumotlar berdilar.

Sergeli tumanida ishsiz va bitiruvchilar bandligini ta’minlash maqsadida, tuman xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida haftada bir marotaba ushbu kurslarga bandligi ta’minlanmagan yoshlar va 11-sinf o‘quvchilari uchun ekskursiyalar tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

✍️Sergeli tumani hokimligi
Matbuot xizmati