“Maktab direktori o‘qituvchi va o‘quvchilarga g‘isht tashittirdi. Holatni o‘rganishlarini so‘raymiz.” sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat

13.10.2021

Ijtimoiy tarmoqda “Maktab direktori o‘qituvchi va o‘quvchilarga g‘isht tashittirdi. Holatni o‘rganishlarini so‘raymiz.” mazmunidagi chiqqan xabar https://t.me/sizdantelegram/36794 bo‘yicha Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “Barkamol avlod” maktab rahbariyati tomonidan mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganligi holati aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan, Gurlan tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi rahbariyatining harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 51-moddasidagi huquqbuzarlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 148²-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga o‘tkazildi.