Majburiy mehnatning oldini olish, mavsumiy ishga jalb qilinadigan ishchilarni yollashda mehnat qonunchiligiga amal qilish masalalari bo‘yicha Respublikamiz bo‘ylab onlayn o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tmoqda

10.09.2021

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yo‘l xaritaga muvofiq, Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikda majburiy mehnatning oldini olish, mavsumiy ishga jalb qilinadigan ishchilarni yollashda mehnat qonunchiligiga amal qilish masalalari bo‘yicha Respublikamiz bo‘ylab reja asosida onlayn o‘quv-seminarlar tashkil qilinmoqda.           

             

Karantin talablariga to‘liq rioya etgan holda tashkil etilgan mazkur o‘quv seminarlarda Ish beruvchilar konfederatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi mas’ullari, fuqarolik jamiyati faollari, fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasteri rahbarlari hamda ish beruvchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida tinglovchilar majburiy mehnat tushunchasining mazmun-mohiyati, paxta yig‘im-terimi davrida mavsumiy ishchilarni ishga qabul qilishda nimalarga amal qilish zarurligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, o‘quv-seminar oxirida ular mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O‘quv-seminar savol-javoblar tarzida muhokamalarga boy bo‘lib, qiziqarli taqdimotlar asosida tashkillashtirildi.