Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi

05.10.2021

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan paxta yig‘im-terimi ishtirokchilariga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar qatnashdi.

Press-tur ishtirokchilari Vobkent tumanidagi “Buxoro Agro Klaster” MCHJga qarashli paxta dalalarida bo‘ldi.  “Buxoro Agroklaster” MCHJda viloyatning Kogon, Qorovulbozor, G‘ijduvon, Vobkent, Peshku, Shofirkon tumanlarida 44 ming 187 gektar paxta maydonlari mavjud. Davlatga 149 ming 593 tonna oq oltin yetishtirib beradi. Bir kunda 3 ming 966 tonna, mavsum boshidan 102 ming 521 tonna paxta topshirilgan.  

Batafsil ➡️ https://uza.uz/oz/posts/majburiy-mehnatga-yol-qoyilmaydi_307990