Majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish choralari” mavzuida yig‘ilish o‘tkazildi

26.02.2020

2020-yil 26-fevral kuni Xorazm viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan “Majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish choralari” mavzuida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov hamda Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Xorazm viloyat hududiy komissiya a'zolari tuman, shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlari va Davlat mehnat huquq inspektorlari ishtirok etishdi.

Мухитдинов Урганч 1

Yig‘ilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon hamda ushbu farmonga ko‘ra, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tarkibida hududiy komissiyalar ham tashkil qilingani, ularga viloyat (shahar, tuman) xokimlari raislik qilishini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek har bir hududiy komissiyalar tomonidan 2020-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqish, fuqarolik jamiyati institutlari, NNT vakillari hamda fuqarolarni keng jalb etgan holda korxona va tashkilotlarda Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hududiy komissiyasining yig‘ilishlarini o‘tkazish hamda monitoring ishlarini davom ettirish ahamiyati xususida so‘z bordi.

Мухитдинов Урганч

Uchrashuvda davlat organi va tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy mehnat masalalari bo‘yicha murojaatlarini o‘rganish va ular asosida tahliliy ma'lumotlarni tayyorlash; majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish; ish beruvchilar tomonidan xodimlarni majburiy tarzda obodonlashtirish, qurilish va boshqa sohalardagi mehnatga jalb qilinishining oldini olish choralarini ko‘rish, bu borada doimiy monitoringlar o‘tkazish; majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha aholi o‘rtasida, ayniqsa korxona, muassasa, tashkilotlarda ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish lozimligi aytib o‘tildi.

Мухитдинов Урганч 2