Majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi vebinar shaklidagi o‘quv seminar tashkil etildi

07.08.2020

Ish beruvchilar, fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasterlari uchun Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida navbatdagi vebinar shaklidagi o‘quv seminarlar tashkil etildi. 

 photo_2020-08-07_14-12-32

📌Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yo‘l xaritasiga muvofiq, respublikamiz bo‘ylab reja asosida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda davlat tashkilotlari rahbarlari, fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasterlari rahbarlarini jalb qilgan holda o‘quv seminarlari tashkil qilinmoqda.
Mazkur vebinar shaklidagi seminarlar hozirgi kunda bir qator viloyatlarda reja-grafikka asosan o‘tkazib kelinmoqda. 

 photo_2020-08-07_14-12-33

📍O‘quv seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad ish beruvchilar uchun majburiy mehnatning oldini olish, mavsumiy ishga jalb qilinadigan ishchilarni yollashda mehnat qonunchiligiga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berishdir. 

 photo_2020-08-07_14-12-32 (2)