“Mahallabay” ishlash tizimi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar

15.02.2021

Prezident topshirig‘iga binoan shakllanayotgan “Mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish mobaynida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, vazirlikning yuqori va o‘rta bo‘g‘inlaridan 100 nafarga yaqin xodimlar Toshkent shahar Shayhontohur tumanidagi 14 ta mahallada o‘rganish o‘tkazib, bu yerda istiqomat qilayotgan aholi muammolari, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda.

Buning natijasida mazkur hududda aholining 144 ta turli muammolari aniqlandi hamda ularning ayrimlari joyida hal etildi. Jumladan, “Sarxumdon” MFYda istiqomat qiluvchi Alisher Shoyaqubov ham "Mahallabay" dasturining xayrli tadbirlari doirasida yangi nogironlik aravachasiga ega bo‘ldi.