Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Troksha Reynis bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

02.03.2022

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov, Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentliginining mas’ullari Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Troksha Reynis, birinchi kotib Polyanskix Edgars bilan uchrashdi.

Unda ikki tomonlama jahon mehnat bozorining bugungi kundagi holati bo‘yicha fikrlar almashildi.

Shuningdek, ayni paytda Latviya Respublikasida qishloq xo‘jaligi, qurilish va IT sohasida mutaxassislarga ehtiyoj borligini, kelgusida shu sohalarda ikki tomonlama hamkorlik qilish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati o‘rtasida onlayn ravishda uchrashuv (VKS) o‘tkazilishini rejalashtirib oldilar.