Kvandju shahrida mehnat masalalari bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2019-yil 23-iyun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligininig Kvandju shahri (Koreya Respublikasi)dagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Koreyada istiqomat qilayotgan hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz bilan atroflicha suhbat qurish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida uchrashuvga O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi konsuli Haydarali Fayziev, O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi attashesi Abdumannon Isanov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisi, Koreya ko‘nikmalarni rivojlantirish instituti bosh direktori Kim Yun Se, Kvandju shahar chet ellik ishchilarni qo‘llab-quvvatlash markazi direktori U Man Son va boshqa 10 ga mutasaddi tashkilot vakillari taklif etildi.
Uchrashuvda 100 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etib, viza tartibi, yaqin qarindoshlarni Koreyaga olib kelish, yangi turdagi chet elga chiqish pasportini olish, ish beruvchilar bilan yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar, shu jumladan, ish joyini o‘zgartirish singari dolzarb masalalarda suhbat uyushtirildi. Mazkur uchrashuv Koreya Respublikasidagi qator ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi.
Kelgusida bunday uchrashuvlarni butun Koreya bo‘yicha tashkillashtirish rejalashtirilgan.