Kunlik ishchilar markazida "Mehnat yarmarkasi" o'tkazildi

10.01.2022

Toshkent shahar Yashnobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan Kunlik ishchilar markazida band bo‘lmagan aholi, yondosh mahallalar vakillari, bir martalik ish izlovchi va vaqtinchalik band bo‘lgan fuqarolar uchun "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirda Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan fuqarolarga markaz faoliyati, mavjud kurslar va qisqa muddatli kasbga o‘qitish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.