“Kunlik ishchilar markazi” qayta ishga tushirildi

23.09.2020

Bugun Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Kunlik ishchilar markazi”da hozirgi kunda respublikamiz va Toshkent shahar hududlarida “Koronavirus pandemiyasi” yumshatilganligi sababli bir martalik, ya’ni kunlik ish so‘rab keluvchi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularga mehnat bozorida teng sharoitlar, qulayliklar yaratish maqsadida karantin qoidalariga rioya qilgan holda qayta o‘z ishini boshladi. Bu markazda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan oshxona, ish beruvchilar bilan suhbat zali, zarur bo‘lgan ish qurollarini ijaraga berish sharoitlari ham tashkil qilingan. 

 photo_2020-09-23_12-55-12

 photo_2020-09-23_12-55-11 (2)

Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i D. Matrasulov va o‘rinbosari A.Sattarova fuqarolar bilan ochiq muloqot qilib, markazdagi barcha shart-sharoitlar bilan tanishitirdilar. 

 photo_2020-09-23_12-55-08