"Kunlik ishchilar markazi" ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayoni
25.02.2020
Ayni paytda Yunusobod tumanida joylashgan "Kunlik ishchilar markazi" ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in ketmoqda.
Markaz binosi kunlik ishlaydiganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, binoni yozda salqin, qishda issiq saqlovchi vositalar, arzonlashtirilgan ovqatlanish shoxobchasi, asbob-uskunalarni ijaraga berish tizimi, mehnat muhofazasi haqida tushuncha beruvchi ko‘rgazmali qurollar, madaniy xordiq chiqarish uchun imkoniyatlar (kutubxonasi, shaxmat-shashka taxtalari) yo‘lga qo‘yilgan.