Kuni kecha poytaxtimizdagi Turkistan Residence mehmonxonasida
Kuni kecha poytaxtimizdagi Turkistan Residence mehmonxonasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va YUNESKO tomonidan joriy etiladigan “O’zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun ko’nikmalarni rivojlantirish” loyihasi doirasida “Tarmoq kengashlari mutaxassislari malakalarini oshirishda xorij tajribalari” mavzusida seminar trening bo’lib o’tdi.
Tadbir YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Seminar xorijiy ekspertlar ishtirokida vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilgan 29 ta tarmoq kengashlari mutaxassislarining malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan.
Shu kunning o’zida tadbir tashkilotchirari Bo‘stonliq tumanida ham seminar trening o’tkazishdi. Yig‘ilish kun tartibidan qishloq xo'jaligi va irrigatsiya tarmoqlarida professional ta’lim strategiyasi, xorijiy mamlakatlarda sifatni ta'minlash tizimlarini ko'rib chiqish, qishloq xo'jaligi uchun kasb-hunar ta'limi sifati siyosati loyihasi bilan bog‘liq qator masalar o‘rin oldi.