Krasnoyarsk o‘lkasi Hukumati bilan bandlik va mehnat migratsiyasi sohalarida hamkorlik yanada kuchaytiriladi

24.09.2019

2019-yil 24-sentabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk o‘lkasi delegatlari bilan bandlik va mehnat migratsiyasi sohalarida hamkorlik bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda delegatsiya rahbari, Krasnoyarsk o‘lkasi Hukumati raisi o‘rinbosari Sergey Vereщagin, Krasnoyarsk o‘lkasi Mehnat va aholi bandligi agentligi boshlig‘i Viktor Novikov, Agentlik bo‘lim boshlig‘i Lyudmila Shishkina, RF Mehnat va bandlik federal xizmati boshqarma boshlig‘i Dmitriy Fransev hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligidagi vazirlik mas'ullari ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad 2017-yil 5-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha imzolangan kelishuv doirasida Krasnoyarsk o‘lkasi bilan bandlik va mehnat migratsiyasi sohalarida o‘zaro istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdir.

Xususan, uchrashuv davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Krasnoyarsk o‘lkasi hukumati o‘rtasida bandlik va mehnat migratsiyasi sohalari bo‘yicha hamkorlik kelishuvini imzolash, O‘zbekiston va Krasnoyarsk hududlarida o‘zaro mehnat forumini o‘tkazish, Krasnoyarsk o‘lkasidagi organlar va tashkilotlarning Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (patent) rasmiylashtiradigan va taqdim etadigan filiallarini O‘zbekistonda tashkil qilishga kelishildi.

Shuningdek, Krasnoyarsk o‘lkasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, Krasnoyarsk o‘lkasining mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlari bo‘yicha ma'lumot almashish singari dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Krasnoyarsk o‘lkasi delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mehnat sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi taqdim etildi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya vakillari Vazirlik tasarrufidagi “Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatish monomarkazi” MCHJga tashrif buyurib, u yerda xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar va sharoitlar bilan tanishdi.

6666 (1)

6 (4)

666 (1)

666666

6666666

66666